Huawei 1
Asadjon Xodjayev AOKA direktori etib tayinlandi

Asadjon Xodjayev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlandi.

Asadjon Xo'jayev 2003–2004 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2004–2011 yillarda O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining o'rinbosari, 2011-2012 yillarda O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori, 2012-2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, 2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati mudiri, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi o'rinbosari – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati rahbari kabi lavozimlarda faoliyat ko'rsatgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga