Huawei 1
Andijon va Qashqadaryoda aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon va Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Ko‘mir taʼminot” MCHJning Shahrixon, Asaka va Yakkabog‘ tumani ko‘mir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan jami 2 704 tonna  ko‘mirni imtiyozli narxda sotilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, amalda ushbu ko‘mirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты