Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.
Joriy yil 21-oktabr kuni hukumat qarori bilan Loyiha-qidiruv işlari qiymatini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Qarorga köra, maqsadli dasturlar doirasida moliyalaştiriladigan ob’yektlarni quriş-ta’mirlaş işlari böyiça buyurtmaçi xizmatlarini körsatişda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalaştiriladigan ob’yektlar böyiça mualliflik nazoratini amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlar şartnomada alohida körsatiladi va loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş qiymatining 10 foizi miqdorida belgilanadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş uçun tuziladigan şartnomalarga muvofiq loyiha taşkilotlariga bir marta 30 foiz miqdorida oldindan bönak tölovi tölanadi. Loyihalaştiriş topşiriqlari raqamli formatda va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bölişi talab etiladi.
Şu bilan birga, işlab çiqilgan loyiha-smeta hujjatlari “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimi (MAT) orqali qabul qilinadi va avtomatik ravişda bir iş kunida ekspertizaga yuboriladi.
“Şaffof quriliş” MATda obyektlarni loyihalaştiriş topşiriqlarining raqamlaştirilişi bosqiçma-bosqiç ta’minlanadi:
- 1 dekabrgacha — maktab, maktabgaça ta’lim taşkilotlari ob’yektlari;
- 2027 yil 1 sentyabrgacha — soğliqni saqlaş yönalişidagi ob’yektlar;
- 2028 yil 1 iyungacha — qolgan boşqa yönalişdagi obyektlar.
2027 yil 1 martdan boşlab maqsadli dasturlar doirasida byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalaştiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarida yagona yondaşuv joriy qilinadi. Bunda:
- namunaviy va takroriy qöllanadigan loyihalar “Şaffof quriliş” MATga joylaştiriladi;
- qurilişi tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosan ularni joyiga boğlaş orqali amalga oşiriladi (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bundan mustasno);
- obyektlarning loyiha hujjatlariga ijobiy ekspertiza xulosasi olinib, buyurtmaçi xizmatining içki buyruği bilan tasdiqlanganidan söng asoslantirilmagan qöşimça va özgartiriş kiritilişi taqiqlanadi.
Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan obyektning qiymati loyiha taşkilotini aniqlaş uçun foydalanilgan dastlabki qiymatga nisbatan 1,5 baravardan yuqori yoki kamni taşkil etganda, loyiha-qidiruv işlarining qiymati qayta hisoblab çiqiladi. Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102316 | Инструменты