Moliyaviy sanksiya har ming kub metr suv uçun BHM asosida, Suv kodeksining 164-moddasida belgilangan foiz miqdorida hisoblanadi. Sanksiya qöllanilganidan keyin bir yil içida tartib takroran buzilsa, sanksiya beş baravari miqdorida qöllaniladi.
Hukumat qarori bilan qişloq xöjaligi, baliqçilik xöjaligi, sanoat, energetika va xöjalik-maişiy ehtiyojlarga suv oliş tartibini buzganlik uçun moliyaviy sanksiyalarni qöllaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga köra, quyidagilar suv oliş tartibini buziş deb hisoblanadi:
- belgilangan limitdan ortiqça suv oliş;
- suv oliş şartnomasini rasmiylaştirmasdan suv oliş;
- suv oliş joylarini suvni boşqariş va hisobga oliş vositalari bilan jihozlamagan holda suv oliş;
- suvdan maxsus foydalanişga doir ruxsatnomasiz suv oliş;
- özboşimçalik bilan suv oliş.
2027 yildan boşlab yil davomida birinçi marta suv oliş tartibini buzgan, lekin fuqarolar hayoti va soğliği, özgalar mulkiga zarar yetkazmagan yuridik şaxslarga nisbatan “Birinçi xato uçun – ogohlantiriş” qoidasi tatbiq etiladi. Bunday holda Inspeksiya yuridik şaxsni suvnazorat.uz elektron platformasi orqali ogohlantiradi va körsatma beradi. Holat 10 kun muddatda bartaraf etilmasa, moliyaviy sanksiya qöllaniladi.
Moliyaviy sanksiya har ming kub metr suv uçun BHM asosida, Suv kodeksining 164-moddasida belgilangan foiz miqdorida hisoblanadi. Sanksiya qöllanilganidan keyin bir yil içida tartib takroran buzilsa, sanksiya beş baravari miqdorida qöllaniladi.
Tölaş tartibi:
- qaror va sanksiya hisobi olingan kundan boşlab bir oy muddatda mablağning 50 foizi ixtiyoriy tölansa, yuridik şaxs qolgan qismini tölaşdan ozod etiladi;
- summani olti oydan keçiktirmasdan, har oyda oltidan bir qismidan kam bölmagan miqdorda bölib-bölib tölaş mumkin. Bir oy içida dastlabki tölov tölanganda bu tartib avtomatik ravişda amal qiladi;
- sanksiya ixtiyoriy tölanganda huquqiy ta’sir çorasi qöllanilmagan deb hisoblanadi.
Bir oy muddatda ixtiyoriy tölov tölanmasa, Inspeksiya sudga da’vo arizasi kiritadi. Şikoyat qilingan taqdirda esa u körib çiqilgunga qadar sanksiya qöllaş jarayoni va muddati töxtatib turiladi.
Sud noqonuniy va asossiz deb topgan hamda tölangan mablağlar 15 kun muddatda qaytariladi. Öz vaqtida qaytarilmagan har bir kalendar kun uçun Markaziy bank asosiy stavkasining uç yuzdan biri miqdorida foiz tölanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102313 | Инструменты