Prezident “Rosatom” bosh direktori bilan atomchilar shaharchasini qurishdagi hamkorlikni muhokama qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun “Rosatom” atom energiyasi boʻyicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi.

Suhbatda O'zbekistonda ilk integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini barpo etish loyihasini amalga oshirish va tegishli infratuzilmani rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻldi.

Sohada malakali kadrlarni tayyorlash, bunda, jumladan, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali hamda “Rosatom” kompaniyasi obyektlaridagi imkoniyatlardan foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, boʻlajak AES yaqinida energiya tejamkor uy-joylar, zamonaviy taʼlim, tibbiyot va sport muassasalari hamda aholi uchun qulay ijtimoiy infratuzilmaga ega atomchilar shaharchasini barpo etish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102313 | Инструменты