Tabiiy ofat oqibatida 339 ta turar joy binosi qulab tushgan yoki shikastlangan. 12 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi, ayni paytda qidiruv-qutqaruv hamda yetkazilgan zararni baholash ishlari davom etmoqda.
Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sitszan muxtor tumanida yuz bergan 7,0 magnitudali zilzila oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 54 kishi jarohat oldi.
Yerosti silkinishlari kecha Pekin vaqti bilan soat 22:33da (Toshkent vaqti bilan 19:33da) Nagchu shahar okrugining Bachen uyezdida sodir bo‘lgan. Juma kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, jabrlanganlardan 11 nafarining ahvoli og‘ir, qolgan 43 nafari esa yengil tan jarohati olgan.
Tabiiy ofat oqibatida 339 ta turar joy binosi qulab tushgan yoki shikastlangan. 12 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi, ayni paytda qidiruv-qutqaruv hamda yetkazilgan zararni baholash ishlari davom etmoqda.
Xitoy hukumati favqulodda vaziyatga munosabat bildirish darajasini oshirdi, hududiy xizmatlar esa favqulodda vaziyat rejimini ishga tushirdi. Ofat hududiga insonparvarlik yordami yuborildi.
Noqulay ob-havo sharoiti vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda: zilzila o‘chog‘i dengiz sathidan 4800 metrdan ziyod balandlikda joylashgan. Prognozlarga ko‘ra, yaqin uch kun ichida talafot ko‘rgan hududlarda havo harorati −9 darajadan pastga tushadi, zilzila o‘chog‘i yaqinida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102313 | Инструменты