Xorazmning Qo'shko'pir tumani va Urganch shahriga yangi hokimlar tayinlandi

Murod Davletov Bunyod Rajabov o‘rniga Urganch shahrining yangi rahbari bo‘ldi. Qo‘shko‘pir tumanida esa Shuhrat Ahmedov o‘rnida O‘tkirbek Karimov ish boshladi.

Xorazm viloyatining Urganch shahri va Qo‘shko‘pir tumanlariga yangi rahbarlar tayinlandi. 24-noyabr kuni xalq deputatlari Urganch shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Murod Davletov Rustamovich shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

U tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hududlarni rivojlantirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Urganch shahrini 2023-yil noyabridan buyon Bunyod Rajabov boshqarib kelayotgandi. Uning iste’fosi sababi va keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.

Shuningdek, xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘tkirbek Oktambayevich Karimov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

O‘tkirbek Karimov bungacha Xorazm viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Qo‘shko‘pir tumaniga 2023-yil noyabridan buyon Shuhrat Ahmedov rahbarlik qilayotgandi. Ahmedov joriy yil oktyabrida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangach, tuman hokimligi lavozimi bo‘sh qolgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112414 | Инструменты