Navoiy IESda barpo etilayotgan yangi 500/220 kV podstansiyaning 220 kV qismiga dastlabki kuchlanish berildi. Natijada stansiya hamda 300 MVt quvvatli “Gibrid” quyosh fotoelektr stansiyasi yagona tarmoqqa o‘zaro bog‘lanib, mamlakat energetika tizimining janubi-g‘arbiy va shimoliy qismlari o‘rtasidagi aloqa mustahkamlandi.
Navoiy IESda barpo etilayotgan yangi 500/220 kV podstansiyaning 220 kV qismiga dastlabki kuchlanish berildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur jarayon “Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasidagi muhim bosqich hisoblanadi. Dastlabki kuchlanish berilishi natijasida Navoiy IES hamda 300 MVt quvvatli “Gibrid” quyosh fotoelektr stansiyasi yangi podstansiya orqali o‘zaro bog‘landi.

Yangi podstansiya O‘zbekiston yagona energetika tizimining janubi-g‘arbiy va shimoliy qismlari o‘rtasidagi elektr aloqalarini mustahkamlash va energiyani yuqori kuchlanishda barqaror uzatishga xizmat qiladi. Obyekt Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Koreyada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlanmoqda. Loyihaning bosh pudratchisi — Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” va “Mitsubishi Power Ltd.” kompaniyalari konsorsiumi, subpudratchisi esa Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasidir.

Navbatdagi bosqichda 650 MVt quvvatli uchinchi bug‘-gaz qurilmasini yagona energetika tizimiga ulash uchun tegishli qurilmalarga kuchlanish beriladi. Bu yangi blokda yakuniy sinov ishlarini o‘tkazish va uni bosqichma-bosqich ishga tushirish imkonini yaratadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112413 | Инструменты