Markaziy bank uchta bankka nisbatan jarima qo‘lladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, joriy yilning o‘tgan davrida bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish yo‘nalishida qonunchilik talablariga rioya etilayotganligi yuzasidan TBC bank, Davr bank va Hamkorbankda o‘rganish o‘tkazilgan. Natijada ushbu banklar tomonidan qator qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi.
Jumladan, TBC bank rasmiy veb-saytida axborot berish va isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi bo‘yicha talablar bajarilmagan.
Shuningdek, kredit shartnomalari bo‘yicha garov mulkiga nisbatan bankning huquqlari to‘g‘risidagi yozuv qonunchilikda belgilangan muddatdan kechiktirib garov reyestridan va garov mulklarini taqiqdan chiqarilgan.
Qarz oluvchilarning o‘z moliyaviy ahvolini tahlil qilishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirilmasdan onlayn mikroqarzlar ajratilib, kreditni qoplash uchun kelib tushgan mablag‘lar qarzdorlikni so‘ndirishga o‘z vaqtida yo‘naltirilmagan.
Davr bankda esa bir xizmat isteʼmolchiga qo‘shimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan ko‘rsatilgan. Xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha kunlik foizlar noto‘g‘ri hisoblangan.
Shu bilan birga, isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnomalarga ularning huquqlarini cheklab qo‘yadigan va shartnomalarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar kiritilmagan.
Bank mobil ilovasi orqali onlayn kredit ajratishda ushbu xizmatning asosiy isteʼmol xususiyatlari, shu jumladan o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘liq va to‘g‘ri maʼlumot berilmagan.
Hamkorbankda kredit ajratish jarayonida kredit hujjatlarini ko‘rib chiqish, ajratish uchun bir martalik komissiyalar hamda garov mulkini taqiqqa qo‘yishga xizmat haqlari undirilgan.
Uchchala bankda ham murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilmagan. Shundan kelib chiqib:
Shuningdek, aniqlangan holatlarni bartaraf etish, isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni qoplash va ularning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan banklarga aniq ko‘rsatmalar berdi.
Jumladan, TBC bank tomonidan qarz oluvchilarga ortiqcha hisoblangan 2,5 mlrd so‘m va kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish byo‘icha sud qarorlari chiqarilgandan so‘ng hisoblangan 1,7 mlrd so‘m foizlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Davr bank tomonidan xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha ortiqcha hisoblangan 1,7 mlrd so‘m foizlar, kredit summasidan ushlab qolingan 1,9 mlrd so‘m mablag‘lar va garov mulkini taqiqqa qo‘yish uchun undirilgan 461,6 mln so‘m to‘lovlar isteʼmolchilarga qaytarib berildi.
Hamkorbankka esa qonunchilikka zid ravishda kredit ajratishda undirilgan 19,2 mlrd so‘m to‘lovlar hamda garov mulkini taqiqqa qo‘yish va taqiqdan chiqarish uchun undirilgan 1,5 mlrd so‘m to‘lovlar qaytarib berish bo‘yicha vazifa yuklatildi.
Shuningdek kredit shartnomalariga nazarda tutilmagan bo‘lsa-da, lekin qarz oluvchilardan undirilgan 54,9 mln so‘m komissiyalar ham isteʼmolchilarga qaytarib beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100401 | Инструменты