Adliya vazirligi tomonidan Tovarlarni import qilishda va tovarlarni realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
1-bosqich: Soliq to‘lovchi QQS summalarini soliq va bojxona organlarida o‘zaro hisobga olish istagini bojxona yuk deklaratsiyasi (BYD) orqali ma’lum qiladi.
2-bosqich: Bojxona qo‘mitasi soliq organlarida haqiqatdan ham ortiqcha to‘lov mavjudligini tasdiqlash uchun Soliq qo mitasiga elektron so‘rov yuboradi.
3-bosqich: Soliq qo‘mitasi hisobga olinishi mumkin bo‘lgan aniq summa haqida Bojxona qo‘mitasiga ma’lumot yo‘llaydi va tizimda o‘zaro hisobga olish dalolatnomasi avtomatik ravishda shakllanadi.
4-bosqich: Bojxona qo‘mitasi dalolatnomadagi QQS summasini tadbirkorning bojxona organlaridagi shaxsiy hisobvarag‘ida aks ettiradi va bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110316 | Инструменты