Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoldi

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 4 noyabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur stavka 2025 yil mart oyidan buyon o‘zgarishsiz qolmoqda. 

“Inflyatsion kutilmalar pasayib borayotgan va inflyasiya darajasi nisbatan barqarorlashgan bo‘lsa-da, ichki talabning yuqoriligi hamda tashqi iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishi bilan bog‘liq inflyasion xatarlarning saqlanib qolayotganligi qat’iy pul-kredit sharoitlarini davom ettirishni taqozo etmoqda”, – deyiladi regulyator izohida.

Sentabr oyida yillik inflyatsiya 6,4% ni, bazaviy inflyatsiya esa 5,5% ni tashkil etdi. Inflyatsion kutilmalar pasayishda davom etmoqda. 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida iqtisodiy o'sish 8,3% ga yetdi. Yuqori ichki talab inflyatsion bosimni saqlab qolmoqda.

Jahon bozorlarida oziq-ovqat va energiya resurslari narxlarining o'zgaruvchanligi inflyatsion xatarlarni kuçaytirmoqda. Ijobiy real foiz stavkalari va so'mdagi jamg'armalarning jozibadorligi qat’iy pul-kredit sharoitlarini ta’minlamoqda.

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2026 yil 16 dekabrga belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110412 | Инструменты