Markaziy bank Boshqaruvi Pul-kredit siyosatining 2027–2029-yillarga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Asosiy makroiqtisodiy prognozlar:
Iqtisodiy oʻsish 2027-yilda 7–7,5 foiz, 2028–2029-yillarda 6,5–7,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Inflyatsiyaning 2027-yil ikkinchi yarmida 5 foizlik targetga yetishi va keyingi yillarda ushbu darajada barqarorlashishi prognoz qilinmoqda.
Pul-kredit siyosatining ustuvor yoʻnalishlari:
- Inflyatsiya barqarorlashguniga qadar qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlash.
- Pul-kredit siyosati strategiyasini ishlab chiqish va transmissiya mexanizmini kuchaytirish.
- Bank tizimi likvidligini boshqarish va operatsion mexanizmni takomillashtirish.
- Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash tizimini modernizatsiya qilish.
- Moliyaviy bozorlar va xatarlarni xedjirlash instrumentlarini rivojlantirish.
- Pul-kredit siyosati kommunikatsiyasi, ochiqligi va hisobdorligini oshirish.
Asosiy maqsad: inflyatsiyani 5 foizlik target darajasiga tushirish va narxlar barqarorligini uzoq muddatli ta’minlash. Konseptual loyiha Markaziy bankning rasmiy veb-saytida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110415 | Инструменты