Oʻzbekistonda Apple Pay xalqaro toʻlov xizmati rasman ishga tushirildi. Ushbu xizmat Apple qurilmalari foydalanuvchilariga oʻz bank kartalarini Apple Wallet’ga qoshib, iPhone, Apple Watch hamda boshqa mos qurilmalar orqali qulay va xavfsiz toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Apple Pay xizmatiga quyidagi banklar tomonidan chiqarilgan tegishli Visa va Mastercard kartalarini ulash mumkin:
- Oʻzbekiston Milliy banki — Visa va Mastercard;
- Ipak Yoʻli Banki — Visa va Mastercard ;
- Orient Finans Bank — Visa va Mastercard;
- Kapitalbank — Visa va Mastercard;
- TBC Bank Uzbekistan — Visa va Mastercard;
- Octobank — Visa va Mastercard;
- Hamkorbank — Visa;
- Uzum Bank — Visa.
Apple Pay orqali toʻlovlarni amalga oshirishda karta ma’lumotlarining maxfiyligi va toʻlovlarning xavfsizligi maxsus texnologiyalar yordamida ta’minlanadi. Bu haqda Markaziy Bank ma'lumot berdi.
Mahalliy toʻlov tizimlari (Uzcard va Humo) kartalarini Apple Pay xizmatiga ulash boʻyicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda va ularni xizmatga ulash imkoniyati tez orada taqdim etiladi.
Apple Pay xizmatining Oʻzbekistonda joriy etilishi mamlakat toʻlov infratuzilmasining xalqaro raqamli toʻlov texnologiyalari bilan integratsiyalashuvini kengaytirib, foydalanuvchilar uchun zamonaviy va qulay toʻlov imkoniyatlarini yaratadi. Xizmatdan foydalanish imkoniyati banklar va toʻlov tizimlarining texnik tayyorligiga qarab bosqichma-bosqich kengaytirib borilishi aytildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102815 | Инструменты