Oʻzbekistonda quyosh panellari o'rnatgan oilalarga 9 oyda 642,1 mlrd soʻm subsidiya toʻlandi

Oʻzbekistonda 2026 yilning yanvar—sentyabr oylarida “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida 70,7 ming nafar fuqaroga elektr tarmoqlariga uzatilgan quyosh energiyasi uchun jami 642,1 mlrd soʻm subsidiya ajratildi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida eng koʻp subsidiya Buxoro viloyatida toʻlangan – 116,7 mlrd soʻm. Xorazm viloyatida bu koʻrsatkich 115,3 mlrd soʻmni, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa 77,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 72,6 mlrd soʻm, Navoiy viloyatida 49,8 mlrd soʻm, Fargʻona viloyatida 45,6 mlrd soʻm va Samarqand viloyatida 36,1 mlrd soʻm subsidiya toʻlangan.

Soliq qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, sentyabr oyining oʻzida 66,2 ming nafar fuqaroga 99,9 mlrd soʻm subsidiya berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103112 | Инструменты