O‘zbekistonning London fond birjasida IPO joylashtirishi — iqtisodiy taraqqiyotdagi tarixiy qadam

2026 yil 18 may kuni O‘zbekiston o‘z iqtisodiy tarixida yangi sahifani ochdi. London fond birjasida (London Stock Exchange) O‘zbekiston Milliy investisiya jamg‘armasi (UzNIF) aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Bu mamlakatning zamonaviy tarixida bunday ko‘lamdagi ilk IPO hisoblanadi. Bu voqea shunchaki moliyaviy bitim emas, balki O‘zbekistonning yangi taraqqiyot modeliga — ochiq, raqobatbardosh va xalqaro standartlarga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tayotganini anglatuvchi tarixiy qadam bo‘ldi.

Bu jarayonga jahon bozorining munosabati alohida ahamiyat kasb etdi. UzNIF aksiyalariga bo‘lgan talab joylashtirish hajmidan to‘rt baravardan ortiq bo‘ldi, umumiy buyurtmalar hajmi esa qariyb 3 milliard dollarga yetdi.

Bunday yuqori qiziqish xalqaro institusional investorlar O‘zbekistonni uzoq muddatli o‘sish va ishonchli hamkor sifatida ko‘rayotganini isbotlaydi. Sababi bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yurtimizdagi keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini kengaytirish hamda investisiyaviy muhitni yanada yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir.

UzNIF aksiyalarining London fond birjasida joylashtirilishi mamlakatning investision imijini sezilarli darajada mustahkamlab, uning xalqaro maydondagi tanilishini oshirdi va O‘zbekistonning yangi iqtisodiy brendini shakllantirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51817 | Инструменты