O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining xarid.uzex.uz davlat xaridlari tizimida sunʼiy intellekt servislarining faol qo‘llanilishi natijasida inson omili keskin qisqartirildi.
Jumladan, tadbirkorlar tomonidan elektron va milliy do‘kon tizimlariga joylashtirilayotgan eʼlonlarni moderatsiya qilish va baholash jarayonlari to‘liq sunʼiy intellektga o‘tkazildi.
Ayni paytda, tizimda bir kunda o‘rtacha 6–7 mingta eʼlonlar sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilinib, avtomatik tarzda moderatsiyadan o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, 200 dan ortiq mebel turi uchun umumiy va unikal texnik tavsiflarning ishlab chiqilishi natijasida eʼlonlarni moderatsiya jarayonisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoga chiqarish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur samarali mexanizm bosqichma-bosqich boshqa tovar turlariga ham joriy etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50620 | Инструменты