Huawei 1
Birjada bir hafta davomida 52 020 ta bitim tuzildi, polivinilxlorid, bug‘doy va sheluxa narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 14 – 20 aprel kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 52 020 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 8,0% ga kamdir. Ularning 45,8% birja savdolariga, qolgan 54,2% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 121,4 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 769 ta avtoraqamlar sotildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 23 808 ta bitim tuzildi.

Polivinilxlorid

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 2 890,0 tonna polivinilxlorid qo‘yildi va undan 1 316,0 tonnasi, yaʼni 45,5% sotildi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polivinilxlorid bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi учун 11 110,2 ming so‘mdan 11 100,2 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 8 ta xaridor ishtirok etdi.

Bug‘doy

Birja savdolari orqali 10 465,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 093,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doy bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 995,3 ming so‘mdan 2 792,7 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 15 ta xaridor ishtirok etdi.

Sheluxa

O‘tgan haftada 3 999,0 tonna sheluxa birja savdolari orqali sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 11 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 800,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sheluxaning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 448,9 ming so‘mdan 3 325,1 ming so‘mgacha pasayganini taʼkidlash lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50920 | Инструменты