Qo'shma Shtatlar Eronga Yaqin Sharqdagi urushni tugatish rejasini yubordi. Bu haqda The New York Times gazetasi seshanba, 24-mart kuni ikki xabardor amaldorga tayanib xabar berdi. 15 banddan iborat hujjat Eron rahbariyatiga Pokiston orqali yetkazilgan.
Isroilning N12 telekanaliga ko'ra, rejada, boshqa narsalar qatori, Eron yadroviy qurol dasturidan voz kechishi va boyitilgan uran zaxiralarini Xalqaro Atom Energiyasi Agentligiga (MAGATE) topshirishi ko'zda tutilgan.
Axios manbaga tayanib xabar berishicha, AQShning maxsus elchisi Stiven Vitkoff Donald Trampga Eron rejaning bir nechta asosiy bandlariga, jumladan, yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini topshirishga rozi bo'lganini aytgan. Tehronning rasmiy munosabati noma'lumligicha qolmoqda. Shuningdek, to'rt hafta davomida AQSh bilan birga Eronga qarshi zarbalar berib kelayotgan Isroil tinchlik rejasiga qanday qarashi ham noma'lum.
23-mart kuni Tramp Eron rahbariyati bilan "samarali muzokaralar" o'tkazilishini e'lon qildi. Shuningdek, u Eronning energetika infratuzilmasiga zarbalarni besh kunga to'xtatishni buyurdi. Tehron muzokaralar mavjudligini rad etib, ular "hech qachon bo'lmagan" deb da'vo qilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32516 | Инструменты