Toshkentdagi Qorasuv kanalida Nil timsohi ushlandi

Shu yil 15-noyabr kuni Toshkent zoparkiga Qorasuv dahasidagi kanalda  timsoh suzib yurgani haqida o'sha yerda yashovchi aholidan murojaat kelib tushgan.

Holat joyiga borib o'rganilgan. Unda haqiqatan nil timsohi suzib yurgani aniqlangan. Hodimlar jonzotni zudlik bilan hayvonot bog'iga olibkelishgan.

"U hali yoshiga to'lmagan. Qo'limizdan kelgan yordamni qildik. Kelganida ahvoli juda og'ir edi. Hozir sekin-sekin o'zgarish bor. Jonzod karantinga olinib, maxsus basseynga joylashtirildi. U sovuq havoga chidamli emas. Toshkentda bo'sa hozirgi kunda suvdagi harorat 5 gradusdan past.", - deydi hayvonot bog'i veterinari.

Timsoh kimningdir uyidan qochib ketgan yoki kimdir boqa olmasdan uni suvga tashlab yuborgan deb taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun: Nil timsohi timsohlar turkumining eng yirik va xavfli vakillaridan biridir. Tabiiy sharoitda u Afrikaning chuchuk suvli daryo, koʻl va botqoqliklarida yashaydi.

Ekologiya milliy qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son "Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni (jumladan, timsohlarning barcha turlarini) yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash taqiqlanganini eslatib oʻtdi. Ulardan sirk tomoshalarini oʻtkazish maqsadida foydalanish ham man etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111723 | Инструменты