150-sonli Toshkent — Astraxan poyezdi 17-dekabrdan boshlab har haftaning payshanba kuni soat 18:00 da Toshkent-Markaziy (Toshkent-Yo‘lovchi) vokzalidan jo‘nab ketadi va shanba kuni soat 19:00 da Astraxan shahriga yetib boradi.
2026-yil 17-dekabrdan boshlab Toshkent — Astraxan — Toshkent yo‘nalishida 149/150-sonli yangi xalqaro yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘nalishda poyezdlar haftada bir marta harakatlanadi. Xususan, 150-sonli Toshkent — Astraxan poyezdi 17-dekabrdan boshlab har haftaning payshanba kuni soat 18:00 da Toshkent-Markaziy (Toshkent-Yo‘lovchi) vokzalidan jo‘nab ketadi va shanba kuni soat 19:00 da Astraxan shahriga yetib boradi.
Qaytish yo‘nalishidagi 149-sonli Astraxan — Toshkent poyezdi esa 20-dekabrdan boshlab har haftaning yakshanba kuni soat 02:01 da Astraxan shahridan yo‘lga chiqib, seshanba kuni soat 04:35 da Toshkent-Markaziy vokzaliga yetib keladi.
Qayd etilishicha, yo‘lovchilar chiptalarni poyezd jo‘nash sanasidan 45 kun oldin xarid qilishlari mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111723 | Инструменты