“Made in Uzbekistan” nomi bilan tashkil etilgan koʻrgazmada mamlakat togʻ-kon va metallurgiya, elektrotexnika va elektronika, energetika, transport, logistika va aviatsiya, qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat sanoati sohalarida erishilgan natijalar, tayyor mahsulotlar hamda Yangi Toshkent shahrini barpo etish rejalari namoyish qilindi.
Oʻmonga davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Masqatdagi Anjuman va koʻrgazmalar markazida tashkil etilgan Oʻzbekiston sanoat koʻrgazmasiga tashrif buyurdi. Davlat rahbariga Oʻmon Sultonligi Bosh vaziri oʻrinbosari Zeyazin bin Haysam Ol Said hamrohlik qildi.

“Made in Uzbekistan” nomi bilan tashkil etilgan koʻrgazmada mamlakat togʻ-kon va metallurgiya, elektrotexnika va elektronika, energetika, transport, logistika va aviatsiya, qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat sanoati sohalarida erishilgan natijalar, tayyor mahsulotlar hamda Yangi Toshkent shahrini barpo etish rejalari namoyish qilindi.

Ikki mamlakat yirik kompaniyalari vakillari qoʻshma loyihalarini taqdimot qilib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan axborot berdi.
Prezident Oʻzbekiston va Oʻmonning yetakchi korxonalari kooperatsiyasini, oʻzaro tajriba va texnologiyalar almashinuvini kengaytirish zarurligini taʼkidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111723 | Инструменты