Koreyaning “Hana Bank”i O'zbekistonda o'z vakolatxonasini ochmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Hana Bank”ning vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar qilmoqda.

Vakolatxona mamlakat moliya bozorini oʻrganish va davlat organlari hamda moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: Hana Financial Group (Koreya Respublikasi) tarkibiga kiruvchi Hana Bank 2015-yil 1-sentabrda Korea Exchange Bank bilan birlashgan. Bank mamlakatning yirik tijorat banklaridan biri hisoblanib, jismoniy va yuridik shaxslarga bank xizmatlari, savdoni moliyalashtirish hamda boshqa moliyaviy xizmatlarning keng turlarini taqdim etadi. Bank dunyoning 27 ta mamlakatida oʻz faoliyatini amalga oshiradi.

Avvalroq, Fransiyaning Societe Generale banki O‘zbekistonda ham ofisini ochayotgani haqida yozgandik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111723 | Инструменты