Toshkent aeroportida yangi telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvi vaqtincha to‘xtatildi

Kecha, 10-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida xorijdan kelayotgan yo‘lovchilarning telefonlari ekspertizadan o‘tkazish maqsadida 30 kungacha muddatga vaqtincha saqlovga olinayotgani, shuningdek, ekspertizasiz bir kun ichida rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Bojxona qo’mitasi Raisining matbuot kotibi rasmiy bayonot berdi. Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda mobil qurilmalarni bojxonadan olib o‘tishda IMEI kodlarini soxtalashtirish, boshqa qurilmalarga tegishli identifikatorlardan foydalanish kabi qonunbuzilishlar ko‘paymoqda.

Raqamlarga ko‘ra, joriy yil boshidan “Toshkent-AERO” IBK tomonidan jami 185 ta holatda qiymati 8.8 mlrd so‘mlik 1185 dona uyali aloqa vositalari noqonuniy olib kirilishi oldi olingan.

Ayni vaqtda "Toshkent" xalqaro aeroporti orqali xorijdan olib kirilayotgan mobil qurilmalarning bojxona rasmiylashtiruvi ularning IMEI identifikatorlarini aniqlash va qonuniy olib kirilganligini tasdiqlash bilan bog‘liq ayrim masalalarga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha to‘xtatildi, deyilmoqda.

Mobil qurilmalarning IMEI identifikatorlarini tekshirish va ularni rasmiylashtirish tartiblarini oydinlashtirish bo‘yicha tegishli idoralar bilan hamkorlikda tadbirlar belgilandi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111116 | Инструменты