2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston hududida jami 3 391 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘yxatga olindi. Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avariyalar oqibatida 5 581 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlarini olgan va
jabrlangan.
Respublika hududlari kesimida tahlil qilinganda, yo‘llardagi eng og‘ir vaziyat Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, 9 oy davomida mazkur hududda 471 ta YTH sodir bo‘lgan.
Shuningdek, poytaxt va unga tutash hududlarda ham ko‘rsatkichlar yuqoriligicha qolmoqda — Toshkent viloyatida 459 ta, Toshkent shahrida esa 458 ta avariya qayd etilgan.
Vodiy viloyatlari orasida Namangan (342 ta) va Farg‘ona (340 ta) yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 219 tani tashkil etdi.
Qolgan hududlardagi holat quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Qashqadaryo viloyati — 215 ta
- Surxondaryo viloyati — 199 ta;
- Jizzax viloyati — 145 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 140 ta;
- Xorazm viloyati — 127 ta;
- Navoiy viloyati — 117 ta;
- Buxoro viloyati — 82 ta.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab eng kam yo‘l-transport hodisasi Sirdaryo viloyatida kuzatilgan bo‘lib, bu yerda 9 oy ichida 77 ta avariya ro‘yxatga olingan.