AI.soliq.uz platformasining yangi imkoniyatlari taqdim etildi. Xususan, “Ekspress audit”, “AI Muloqot”, “AI Assistent” kabi bo'limlar, shuningdek, “AI Imtiyoz”, “AI Hisobot”, “AI EHF”, “AI Reyting”, “AI Avtokameral” va “AI Keshbek” xizmatlari ham mavjud. Yangi imkoniyatlar tadbirkorlar, buxgalterlar, korxona rahbarlari va jismoniy shaxslarga soliq majburiyatlarini bajarishda sun’iy intellektdan foydalanish imkonini beradi.
OAV uchun kontent tayyorlash markazida Soliq qoʻmitasi mutasaddilari ishtirokida “AI Soliq: sun’iy intellektga asoslangan soliq xizmatlarining yangi imkoniyatlari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni soddalashtirish va tezlashtirishga qaratilgan AI.soliq.uz platformasining yangi imkoniyatlari taqdim etildi. Xususan, “Ekspress audit” korxonaning soliq holatini tahlil qilib, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar beradi. “AI Muloqot” soliq organlari bilan onlayn muloqot qilish va murojaat yuborish, “AI Assistent” esa soliq masalalariga oid savollarga tezkor va tushunarli javob olish imkonini yaratadi.
Shuningdek, platformada “AI Imtiyoz”, “AI Hisobot”, “AI EHF”, “AI Reyting”, “AI Avtokameral” va “AI Keshbek” xizmatlari ham mavjud. Ular soliq imtiyozlarini aniqlash, hisobotlardagi xatolarni tahlil qilish, elektron hisobvaraq-fakturalar va keshbek bilan bogʻliq masalalarni tushunishda foydalanuvchilarga koʻmaklashadi.
Yangi imkoniyatlar tadbirkorlar, buxgalterlar, korxona rahbarlari va jismoniy shaxslarga soliq majburiyatlarini bajarishda sun’iy intellektdan foydalanish imkonini beradi. Xizmatlardan ai.soliq.uz platformasi orqali foydalanish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102716 | Инструменты