Huawei kompaniyasi O‘zbekistonlik talabalarni har yili o‘tkaziladigan “ICT Competition 2026–2027” tanlovida ishtirok etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishga taklif qiladi. Mazkur tanlov YUNESKOning Ta’limda axborot texnologiyalari instituti (UNESCO IITE) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Huawei ICT Competition 2025–2026 tanlovining 10-yubiley mavsumida 100 ta mamlakat va hududdagi 2 000 dan ortiq oliy ta’lim muassasasidan 220 000 nafardan ziyod talaba va o‘qituvchi ishtirok etdi. Ular qatorida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari ham bor. Bu ko‘rsatkich tanlov tarixidagi eng yuqori natija bo‘ldi. Milliy va mintaqaviy saralash bosqichlaridan so‘ng 49 ta mamlakat va hududdan 177 ta jamoa global final bosqichiga yo‘llanma olib, turli nominatsiyalarda taqdirlandi.
Joriy yil iyun oyida Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan global final bosqichida O‘zbekiston talabalari Huawei ICT Competition tanlovining amaliy (Practical Competition) yo‘nalishida faxrli o‘rinlarni egalladilar:

Talabalarni tanlov tafsilotlari jumladan, Huawei ICT Academy ta’lim platformasi imkoniyatlari, mavjud texnologik kurslar va professional sertifikatlarni olish imkoniyatlari bilan keng tanishtirish maqsadida Huawei kompaniyasi IT yo‘nalishlari mavjud mahalliy oliy ta’lim muassasalarida ICT Competition Roadshow tadbirlarini o‘tkazmoqda.
Amaliy musobaqa yo'nalishlari (Practice Competition): Network Track (Tarmoqlar), Cloud Track (Bulutli texnologiyalar) va Computing Track (Hisoblash).
Practice Competition asosiy bosqichlari:
1. Huawei ICT Competition 2026-2027 | Practice Competition uchun ro‘yxatdan o‘tish — 2026-yil 31-oktabrgacha.
2. Platformadagi onlayn kurslarni mustaqil o‘rganish Talent Platform
3. Dastlabki imtihon (onlayn), 2026-yil 17-noyabr.
4. O‘zbekistonda milliy final (onlayn), 2026-yil 15-dekabr.
5. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo talabalari uchun mintaqaviy final, 2027-yil mart.
6. Xitoyda global final, 2027-yil may–iyun.
Tanlovda ishtirok etish shartlari va qoidalari:

Innovatsion tanlov (Innovation Competition) ishtirokchilarning sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari va boshqa AKT vositalaridan foydalangan holda, real hayotdagi muammo va ehtiyojlarni hal etishga qodir innovatsion loyihalarni yaratish bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash va rivojlantirishni maqsad qiladi. Innovatsion tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 31-dekabrgacha davom etadi.
Huawei O‘zbekistonda 26 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib, mahalliy raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun texnologik innovatsiyalarni joriy etib kelmoqda hamda malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan kompleks ta’lim dasturlarini amalga oshirmoqda. Kompaniyaning oçiqlik, hamkorlik va butun sohaning umumiy muvaffaqiyati tamoyillariga asoslangan barqaror iste’dodlar ekotizimini yaratışga intilişi uning ta’lim taşabbuslarida, şuningdek, STEM sohasidagi yirik xalqaro musobaqalarni amalga oşiriş va qöllab-quvvatlaşida öz aksini topmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102715 | Инструменты