Uchtepadagi yong'inda vafot etgan ayol qasddan o'ldirilgani ma'lum bo'ldi

Joriy yil 24 oktyabr kuni soat 02:00 larda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan.

Hodisa joyida xonadonda yashab kelgan 30.05.2000 yilda tugilgan ayolning jasadi tanasining yelka sohasidan oyoq-son sohasigacha bo‘lgan qismida termik jarohatlar bilan aniqlangan. Bu haqda Hayot Shamsuddinov Uzreport.news'ga ma'lum qildi.

Shuningdek, oshxona, yotoqxona va mehmonxonada bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan uchta yong‘in o‘chog‘i hamda qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 24 oktyabr kuni Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijalari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi va qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102715 | Инструменты