Toshkentda elektr xizmati xodimi yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirobod tumani Nukus ko‘chasida joylashgan “Parkwood” turar joy majmuasining transformator punktida yong‘in sodir bo‘lgani hamda ushbu hodisa “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” hududiy filiali faoliyati bilan bog‘liqligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur holat “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” hududiy filiali mutaxassislari hamda “O‘zenergoinspeksiya”ning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Natijada ushbu transformator punkti iste’molchining balansida ekanligi, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” hududiy filiali, jumladan, Mirobod tuman elektr ta’minoti korxonasi balansiga tegishli emasligi aniqlandi.

Shuningdek, hodisa iste’molchining o‘z xodimi tomonidan transformator punktida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda fazalararo qisqa tutashuv yuzaga kelishi oqibatida sodir bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur xodim Mirobod tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimi hisoblanmaydi.

"Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur hodisani “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” hududiy filiali faoliyati bilan bog‘lovchi xabarlar haqiqatga mos emasligini ma’lum qilamiz",-deydi tashkilot.

Toshkent shahar hokimligi vaziyat nazoratga olingani, hodisaga huquqiy baho berilishini ma'lum qildi. Shuningdek, oʻrganish yakunlari boʻyicha aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar koʻrilishini aytib o'tdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102715 | Инструменты