Qariyb 3 million kishi Qirgʻizistonga borgan: oʻzbekistonliklarning eng sevimli 10 ta sayohat yoʻnalishi e'lon qilindi
2026-yilning dastlabki oʻn oyida 6,5 million nafar Oʻzbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.


Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar–oktyabr oylarida xorijga chiqqan sayyohlar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 154,2 ming nafarga koʻpaygan. Sayohatlar yoʻnalishida qoʻshni mamlakatlar yetakchilikni saqlab qolmoqda. Xususan, qariyb 3 millionga yaqin fuqaro Qirgʻiz Respublikasiga borgan boʻlsa, Qozogʻiston va Tojikiston ham kuchli uchlikdan joy oldi.

2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda eng koʻp tashrif buyurgan TOP-10 davlat roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:


  1. Qirgʻiz Respublikasi — 2 983 680 nafar;
  2. Qozogʻiston — 1 183 775 nafar;
  3. Tojikiston — 1 092 184 nafar;
  4. Rossiya — 301 420 nafar;
  5. Turkiya — 257 904 nafar;
  6. Saudiya Arabistoni — 253 789 nafar;
  7. BAA — 73 289 nafar;
  8. Xitoy — 64 809 nafar;
  9. Misr — 50 463 nafar;
  10. Vyetnam — 38 276 nafar.
Statistik raqamlardan koʻrinib turibdiki, qoʻshni respublikalardan tashqari, oʻzbekistonlik sayyohlar orasida Rossiya, Turkiya va Saudiya Arabistoni ham eng ommabop yoʻnalishlar qatorida turibdi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111620 | Инструменты