"El-yurt umidi" jamgʻarmasi ayrim da’volar yuzasidan sudlarda davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi

"El-yurt umidi" jamgʻarmasi ayrim da’volar yuzasidan sudlarda davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. Joriy yil 13-noyabr kuni ayrim qonun hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi shartnoma shartlarini bajarmagan stipendiatni xorijda oʻqitish boʻyicha xarajatlarni undirish toʻgʻrisidagi da’volar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi belgilandi.

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari loyihalarining jamoatchilik muhokamasi muddati ular portalda joylashtirilgan kundan e’tiboran 10 kundan kam boʻlmasligi kerak.

Bunda, agar buyruqlar va qarorlar loyihalari yuzasidan dastlabki 5 kun ichida fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar kelib tushmasa, vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga belgilangan tartibda kiritishi mumkinligi belgilandi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111620 | Инструменты