19 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov London shahrida Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda o‘zining Telegram-sahifasida ma’lum qildi.
“Muzokaralarimiz O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi aloqalarni, xalqlarimiz o‘rtasidagi chuqurlashib borayotgan sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratildi”, deya yozgan u.
Uchrashuvda savdo, ta’lim, xavfsizlik va boshqa sohalarda o‘zaro almashinuvlarni jadallashtirish hamda umumiy maqsadlarni ilgari surish uchun zarur bo‘lgan parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish yo‘llari muhokama qilingan.
“Xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish jadal davom etayotgan tashqi siyosatimizning ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda”, deydi Saidov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52004 | Инструменты