Huawei 1
Namanganda xususiy bog‘cha tarbiyachisi bolalarni bo‘ralatib so‘kdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Namangan tumanida joylashgan xususiy bog‘chalardan birida tarbiyachi bolalarga nisbatan juda qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Videoda ko‘rish mumkinki, tarbiyachi bolalarga musiqali o‘yin o‘rgatayotgan paytda orqadagi tarbiyalanuvchilar shovqin ko‘tra boshlaydi. 

“Qanjiqlar, hammang ovozingni o‘chir. Orqaroqqa o‘tlaring. Qanjiq, itlar. Tur, enangni.... Man kimga jon kuydirib o‘rgatyapman? Kimga?” deya bolalarga po‘pisa qiladi tarbiyachi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat tumanning “Eshobod” MFY hududida joylashgan  “Uchinchi Renessans avlodlari” maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. O‘zboshimcha fuqaro noturar joyda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va litsenziyasiz ta’lim-tarbiya faoliyati bilan shug‘ullanganib kelgan.

Videoda keltirilgan muassasa tarbiyachisi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Kelgusida bunday vaziyatlarning takrorlanmasligi yuzasidan qat’iy ogohlantirilgan va zarur tushuntirish ishlari olib borilgan.

“44 nafar bola qamrab olingan ushbu noqonuniy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati to‘xtatilib, yuqoridagi holat yuzasidan huquqiy baho berish uchun mas’ul idoralarga barcha hujjatlar taqdim etildi”, deyiladi boshqarma xabarida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61415 | Инструменты