Huawei 1
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi

2025 yil 13 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektorida zudlik bilan, shartsiz va doimiy otashkesim joriy etilishini talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 149 davlat, jumladan O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi, 12 davlat qarshi chiqdi, 19 davlat betaraf qoldi.

Qarshi chiqqanlar orasida AQSH, Isroil, Vengriya, Argentina va Paragvay kabi davlatlar, betaraf qolganlar qatorida Gurjiston, Hindiston, Ruminiya va Ekvador kabi davlatlar bor.

Rezolyutsiya 20 dan ortiq davlat tomonidan taklif etilgan bo‘lib, urushda ochlikdan qurol sifatida foydalanishni keskin qoralaydi, gumanitar yordam yetkazishdagi cheklovlarni bekor qilishni talab etadi va tinch aholini xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq himoya qilish zarurligini taʼkidlaydi. Hujjatda shuningdek, HAMAS va boshqa guruhlar tomonidan ushlab turilgan barcha garovdagilarni ozod etish talab qilingan.

Ushbu rezolyutsiya AQSH tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashida shunga o‘xshash tashabbusni rad etganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61505 | Инструменты