Huawei 1
O‘zbekistonda Better Cotton dasturi qamrovi kengaytiriladi

Jeneva shahrida Senat raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva Better Cotton xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekistonda Better Cotton dasturini amalga oshirish jarayonlari va bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida Better Cotton dasturining nafaqat sertifikatlashtirish vositasi, balki ekologik, ijtimoiy va mehnat amaliyotlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi platforma sifatidagi ahamiyatiga alohida urg‘u berildi. 

Shu bilan birga, dasturda ishtirok etish orqali O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari uchun jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlari kengayishi va mamlakatning to‘qimachilik mahsulotlari sohasida masʼuliyatli yetkazib beruvchi sifatidagi mavqeyi mustahkamlanishi qayd etildi.

O‘zbekistonda Better Cotton dasturi qamrovini kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Bugungi kunda dastur qariyb 30 ming tonna paxta xomashyosi yetishtiradigan 6 ta klasterni qamrab olgan.

Tomonlar sheriklikni yana-da chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61506 | Инструменты