Sudanda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar fonida bolalar ochlik yoqasida, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.
X platformasidagi postida Gebreyesus gumanitar vaziyatning yomonlashuviga eʼtibor qaratib, «bolalar ochlik xavfiga duch kelayotganini va gumanitar xodimlar hayotni saqlab qolish uchun yordam berishga harakat qilayotganini» taʼkidladi.
Hujumlar oqibatida xodimlarini yo‘qotgan BMT Jahon oziq-ovqat dasturi va BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNICEF)ga hamdardlik bildirdi.
JSST rahbari gumanitar xodimlarga qilingan hujumlarni qoraladi va tinch aholi, infratuzilma va missiya xodimlarini zudlik bilan va doimiy himoya qilishga chaqirdi.
«Eng yaxshi dori — tinchlik», deb qo‘shimcha qildi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61504 | Инструменты