Joriy yilning 13 iyun kuni soat 19:45 larda Yangihayot tumani Qipchoq - Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Haydovchi, 2004 yilda tug‘ilgan E.A. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi va 1979 yilda tug‘ilgan D.J. boshqaruvidagi Ford rusumli transport vositasi o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61505 | Инструменты