O‘rmon va yashil hududlarni kengaytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi direktori Erkin Muhiddinov Bolgariyaning “Acta” kompaniyasi taʼsischisi Georgi Kirchev va kompaniya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda o‘rmonlarni rivojlantirish hamda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasini Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, loyiha doirasida ishchi guruh tashkil qilinishiga kelishib olindi. Shundan so‘ng ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuv yakunida Erkin Muhiddinov kompaniya vakillarini Yeso Expo Central Asia 2025 ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61505 | Инструменты