Ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes salomatligi sababli lavozimidan ketganidan so‘ng, federatsiya tomonidan milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga bir qator mahalliy va xorijlik nomzodlar ko‘rib chiqildi. Yakunda milliy futzalni ichidan yaxshi biladigan, uning rivojiga katta hissa qo‘shgan va xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan mutaxassis — Bahodir Yo‘ldoshboyevich Ahmedov nomzodi ma’qullandi.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq, Bahodir Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes salomatligi sababli lavozimidan ketganidan so‘ng, federatsiya tomonidan milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga bir qator mahalliy va xorijlik nomzodlar ko‘rib chiqildi. Yakunda milliy futzalni ichidan yaxshi biladigan, uning rivojiga katta hissa qo‘shgan va xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan mutaxassis — Bahodir Yo‘ldoshboyevich Ahmedov nomzodi ma’qullandi.
Bahodir Ahmedov 1976-yil 9-sentabrda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Futzalchilik faoliyatini ushbu sport turi mamlakatga kirib kelgan ilk yillarda Chirchiq shahrining "Splav", "Elektrokimyosanoat" va "Soliqchi" jamoalarida boshlagan. Keyinchalik "Yunusobod" DJQA, "Ardus" hamda "Stroitel Zarafshon" klublarida to‘p surgan va mamlakat chempioni bo‘lgan.
Murabbiy sifatida ham Bahodir Ahmedov salmoqli natijalarga erishgan. "Maksam-Chirchiq" jamoasini chempionat sovrindorlari qatoriga olib chiqqan, "Jizzax-Kenteks" bilan esa O‘zbekiston chempionligiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, ko‘plab iste’dodli futzalchilarning kamol topishida muhim o‘rin tutgan.
Bahodir Ahmedov milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida avval ham faoliyat yuritgan. Uning boshchiligida O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida ikki marta bronza medallarini qo‘lga kiritgan. 2021-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etib, guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan va pley-offda o‘ynagan.
Bahodir Ahmedov bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2028-yilgi Osiyo chempionatining yakuniga qadar boshqarishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103014 | Инструменты