Aholi soni avvalgi yillar uchun qanday qayta hisoblandi? Statistika qo'mitasi izohi

Milliy statistika qoʻmitasi aholini roʻyxatga olish natijalari asosida Oʻzbekistonning 2010–2026 yillardagi doimiy aholisi sonini qayta hisobladi. Qayta hisoblash xalqaro ekspert-demograflar bilan hamkorlikda va ularning uslubiy tavsiyalari asosida amalga oshirildi.

Ortga hisoblash qanday amalga oshirildi?

Har bir oldingi yil boshidagi aholi sonini aniqlash uchun keyingi yil boshiga qayta hisoblangan aholi sonidan:

- yil davomida tugʻilganlar ayirildi;
 - vafot etganlar qoʻshildi;
- koʻchib kelganlar ayirildi;
 - koʻchib ketganlar qoʻshildi.

Oldingi yil boshidagi aholi soni = keyingi yil boshidagi aholi soni − tugʻilganlar + vafot etganlar − koʻchib kelganlar + koʻchib ketganlar. Masalan, 2025 yil uchun:

2026 yil 1 yanvar holatiga qayta hisoblangan doimiy aholi soni 39 023,6 ming kishini tashkil etgan. 2025 yil davomidagi demografik oʻzgarishlar ortga qaytarilganda, 2025 yil 1 yanvar holatiga aholi soni 38 321,6 ming kishi boʻlgan.

Biroq 702 ming kishilik farq shunchaki ayirib qoʻyilmagan. Amalda hisob-kitoblar aholining har bir jins va yosh guruhi boʻyicha alohida bajarilgan. Bunda:

— vafot etganlar va koʻchib ketganlar qayta qoʻshilgan;
— koʻchib kelganlar ayirilgan;
— shu yilda tugʻilgan 0 yoshli bolalar hisobdan chiqarilgan;
— qolgan aholi bir yoshga ortga surilgan.

Ushbu tartib har bir oldingi yil uchun takrorlanib, 2010–2026 yillarni qamrab olgan uzluksiz ma’lumotlar qatori shakllantirildi. Hisoblashda hududlar, shahar va qishloq aholisi, jins va yosh tarkibi, shuningdek, mazkur davrdagi ma’muriy-hududiy oʻzgarishlar ham inobatga olindi.

Muhimi, avvalgi va qayta hisoblangan aholi soni oʻrtasidagi farq yillarga teng taqsimlanmagan. Har bir yilning aholi soni va tarkibi tugʻilish, oʻlim hamda migratsiya ma’lumotlari asosida alohida qayta tiklangan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq bu mavzuga doir 2025-yilgi YAIM hajmi avvalgi bahodan 15% ga yuqori chiqqani haqida yozgandik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111723 | Инструменты