2027-yilda 14 ta zamonaviy 5 vagonli harakat tarkibi xarid qilinadi - Toshkent metropoliteni

"Toshkent metropoliteni" AJ mutasaddilari matbuot anjumanida metro infratuzilmasini kengaytirish, harakat xavfsizligi va yoʻlovchilarga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi 7 yilda qo‘shimcha 33 kilometr yangi metro yo‘nalishlari barpo etildi hamda 21 ta yangi bekat foydalanishga topshirildi. Natijada bugungi kunga kelib metropoliten bekatlari soni  50 taga, yo‘nalishlarning umumiy uzunligi esa 71 kilometrga yetdi.

Ushbu islohotlar natijasi yo‘lovchilar oqimi keskin oshdi. Xususan, 2021-yilda Toshkent metropoliteni bir kunda o‘rtacha 280–300 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2026-yilga kelib bu ko‘rsatkich 1,2 million nafardan oshmoqda. 2021-yilgacha jami 40 ta harakat tarkibi xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2026-yilni hozirgi davrigacha 55 ta zamonaviy harakat tarkibi xarid qilindi. Shuningdek, 2027-yil davomida 14 ta zamonaviy 5 vagonli harakat tarkibini xarid qilish rejalashtirilgan.

Ma'lumotga ko'ra, Chilonzor yo‘nalishida 2021-yilda tig‘iz vaqtlarda poyezdlar 5 daqiqalik interval bilan harakatlangan bo‘lib, 2026-yilga kelib esa harakat intervali 1,5-2 daqiqagacha qisqartirildi. O‘zbekiston yo‘nalishida 6 daqiqalik interval 3 daqiqagacha qisqartirildi. Yunusobod yo‘nalishida 11 daqiqa 4 daqiqagacha qisqartirildi. Yer usti halqa yo‘lida esa 12 daqiqalik interval 8 daqiqagacha qisqartirildi.

Prezident qarori bilan 2030-yilgacha metropolitenning kunlik yo‘lovchilar sonini 1,8 million nafarga, bekatlar sonini 79 taga, metro yo‘nalishlari uzunligini 103 kilometrga yetkazish hamda poyezdlar harakati intervalini 2–3 daqiqagacha qisqartirish vazifalari belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110411 | Инструменты