Endi texnikum o‘quvchilari ham “Work and Travel” xalqaro dasturida ishtirok etadi

Vazirlar Mahkamasining "Ilmiy va innovatsion yo‘nalishda faoliyat yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori tasdiqlandi.

Unga muvofiq 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga ham “Work and Travel” xalqaro dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ishlash va sayohat qilish imkoniyati yaratiladi.

Dastur doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada ishlash va sayohat qilish uchun borish-kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.

Kasbiy ta’lim jarayonlarini boshqarish — EMIS RT axborot tizimida texnikum nomi, manzili, kodi, kasb va mutaxassislik yo‘nalishi, bosqichi, ta’lim shakli, o‘quvchining maqomi hamda baholari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish belgilanadi.

Migratsiya agentligi tomonidan har yili 1-martga qadar “Work and Travel” xalqaro dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash choralari ko‘riladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110412 | Инструменты