Prezident “ROX Group” kompaniyasining investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Kompaniya vakillari Buxoroda ikkita, Toshkent shahrining Uchtepa tumani va Samarqandda bittadan – jami to‘rtta shaharsozlik loyihasi haqida axborot berdi. Ularning umumiy maydoni 285 gektarni, investitsiya hajmi 4,5 milliard dollarni tashkil etadi. Loyihalar 115 ming nafar aholi uchun mo‘ljallangan.

Buxoro tumanida 65 gektar, Buxoro shahrida esa 25 gektar maydonda yangi turar joy massivlari qurilishi boshlandi. Ularda 30 ming nafar aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uy-joylar, mehmonxonalar, biznes markazlari, savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar obyektlar barpo etish ko‘zda tutilgan.

Uchtepa tumanidagi loyiha zamonaviy shahar muhitini yaratishga, Samarqanddagi tashabbus esa mavjud sayyohlik majmuasi atrofidagi infratuzilmani kengaytirishga qaratilgan. Vetnamlik investor Jizzax viloyatining Zomin tumanida sanoat zonasi tashkil etish tashabbusini ham ilgari surdi.

Prezident taqdim etilgan konsepsiyalarni ma’qullab, loyihalarda ilg‘or shaharsozlik yechimlarini qo‘llash zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110322 | Инструменты