2026 yil davomida oʻtkazilgan reydlarda bunday huquqbuzarliklar boʻyicha 4 100 dan ortiq holat aniqlangan. Kosmik monitoring orqali esa somonpoya qoldiqlarini yoqish bilan bogʻliq 915 ta holat qayd etilgan.
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi Davlat ekologik nazorat inspektsiyasi (Ekopolitsiya) boʻlim boshligʻi Doston Xoʻjanov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda kuz mavsumida barg-xazon va oʻsimlik qoldiqlarini yoqishning oldini olish choralari haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanishicha, 2026 yil davomida oʻtkazilgan reydlarda bunday huquqbuzarliklar boʻyicha 4 100 dan ortiq holat aniqlangan. Kosmik monitoring orqali esa somonpoya qoldiqlarini yoqish bilan bogʻliq 915 ta holat qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, barg-xazon va oʻsimlik qoldiqlarini yoqib, havoni ifloslantirgan fuqarolarga 1,32 million soʻmdan 2,2 million soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa 8,8 million soʻmdan 13,2 million soʻmgacha jarima belgilangan. Huquqbuzarlik takror sodir etilsa, jarima miqdori yanada oshadi.
Bunday holatlarga guvoh boʻlgan fuqarolar 1157 qisqa raqami yoki @ecogovuz_bot orqali murojaat qilishlari mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110411 | Инструменты