O‘zbekiston Qirg‘iziston va Tojikiston hamkorligida 264 million yevrolik mintaqaviy iqlim dasturiga start berdi

Davlat rahbari Antaliyada bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasidagi Jahon sammitining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Sammit doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hamkorligida ishlab chiqilgan "Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga chidamli landshaftlar" (CLiCA) mintaqaviy dasturiga rasman start berildi. 

Yetti yilga mo‘ljallangan ushbu loyihaning umumiy qiymati 264,4 million yevroni tashkil etadi. Dastur doirasida O‘zbekistonga ajratilayotgan 103,7 million yevro mablag‘ o‘rmonlar va yaylovlarni tiklash, qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga barqaror yondashuvlarni joriy etish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi muhim yo‘nalishlarga sarflanadi. Shuningdek, loyiha qishloq aholisining iqlim o‘zgarishiga moslashish imkoniyatlarini kengaytirishni ham o‘z ichiga oladi.

Sammitda O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan global majburiyatlarni izchil bajarayotgani ta'kidlanib, 2035-yilga qadar yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan gaz chiqindilarini 2010-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 50 foizga qisqartirish maqsadi qo‘yilgani qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111201 | Инструменты