O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari C-390 samolyotlariga ega bo‘ladi

Braziliyaning Embraer kompaniyasi 3 fevral kuni Singapurdagi aviasalonda O‘zbekiston Respublikasi C-390 Millennium transport samolyotining buyurtmachisi ekanini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari C-390 samolyotlaridan asosan transport va gumanitar missiyalarda foydalanadi va ushbu samolyotni ekspluatatsiya qiladigan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatga aylanadi.

«Biz O‘zbekiston Respublikasini C-390 operatorlari guruhida rasman qutlaymiz, chunki O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari transport imkoniyatlarini modernizatsiya qilmoqda», dedi Embraer Defense & Security kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Boshko da Koshta Junior.

XXI asrda loyihalashtirilgan C-390 Millennium o‘z sinfidagi eng zamonaviy harbiy transport samolyoti bo‘lib, boshqa o‘rta o‘lchamli harbiy transport samolyotlariga qaraganda ko‘proq foydali yukni (26 tonna) ko‘tara oladi, tezroq (470 uzel) va uzoq masofalarga ucha oladi. U yuk va qo‘shinlarni tashish, texnika va xodimlarni desantlashtirish, tibbiy evakuatsiya, qidiruv-qutqaruv, yong‘inni o‘chirish va gumanitar operatsiyalarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli vazifalarni bajarishi mumkin.

U vaqtinchalik yoki tuproqli uchish-qo‘nish yo‘laklarida ham ishlatilishi mumkin. KC-390 uskunasi bilan jihozlangan samolyot havoda yonilg‘i quyuvchi sifatida ham harakat qiladi. Millenium NATO tizimlari bilan to‘liq mos keladi va ayniqsa moslashuvchan jangovar operatsiyalarda (ACe).

C-390 Millennium samolyotini allaqachon Braziliya, Portugaliya, Vengriya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Avstriya, Chexiya, Shvetsiya, Slovakiya va Litva harbiy-havo kuchlari ham tanlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20404 | Инструменты