Huawei 1
UZREPORT TV va FUTBOL TV yangi mavsum futbol uchrashuvlari translyatsiyasini boshlaydi

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari Yevropa qit`asida start olayotgan eng tomoshabop chempionatlarning eng qiziqarli uchrashuvlarini namoyish etadi. Jumladan, siz Chempionlar ligasi, Yevropa Ligasi, Angliya Premyer-ligasi va Ispaniya Chempionati (La Liga) translyatsiyalarini tomosha qilishingiz mumkin.


Yevropa Chempionlar Ligasi

Qayerda tomosha qilish mumkin: UZREPORT TV va FUTBOL TV

Xabaringiz bor, Yevropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli futbol turniri bo'lgan UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich uchrashuvlari 12 sentyabrdan start oladi. Hozirda ushbu musobaqaning kvalifikatsion bosqich o'yinlari o'tkazilmoqda.

UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari UEFA Chempionlar ligasi so'nggi kvalifikatsiya bosqichining pley-off o'yinlarini jonli efirda namoyish qiladi. 15-16 avgustda dastlabki pley-off o'yinlar bo'lib o'tsa, javob uchrashuvlari 22-23 avgust kunlariga belgilangan.

Shuningdek, 24 avgust kuni bo'lib o'tadigan Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi ham telekanalimizda jonli efirda namoyish etiladi.


Yevropa Ligasi

Qayerda tomosha qilish mumkin: FUTBOL TV

Yevropaning klublar o'rtasidagi nufuzi jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi futbol turniri bo'lgan Yevropa ligasining guruh bosqich uchrashuvlari 14 sentyabrdan start oladi. Hozirda ushbu musobaqaning kvalifikatsion bosqich o'yinlari o'tkazilmoqda.

25 avgust kuni Yevropa ligasining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. FUTBOL TV telekanali mazkur marosimni jonli efirda namoyish qiladi.

14 sentyabrdan esa telekanalimizda Yevropa ligasi guruh uchrashuvlarining translyatsiyasi boshlanadi.


Angliya Premyer-ligasi

Qayerda tomosha qilish mumkin: UZREPORT TV va FUTBOL TV

Futbol bo'yicha dunyodagi eng tomoshabop chempionatlardan biri bo'lgan Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi boshlanishiga ham oz qoldi. 12 avgust kuni Premer-liganing 2017/18 yilgi mavsumiga start beriladi.

Butun dunyodagi muxlislar kabi, yurtimizdagi ishqibozlar ham Angliya Premer-ligasi boshlanishini intiqlik bilan kutishayotgani aniq.

Telekanallar Angliya Premer-ligasi uchrashuvlarini 12 avgustdan, ya'ni 1-turdan boshlab jonli efirda namoyish qilishni boshlaydi.


Ispaniya chempionati

Qayerda tomosha qilish mumkin: UZREPORT TV va FUTBOL TV

Dunyoning eng boy, eng sovrindor va eng mashhur ikki klubi - Real Madrid va Barselona ishtirok etadigan Ispaniya chempionatining yangi mavsumi boshlanishiga ham oz qoldi. 19 avgust kuni La liganing 2017/18 yilgi mavsumiga start beriladi.

Telekanallar Ispaniya chempionati uchrashuvlarini 19 avgustdan, ya'ni 1-turdan boshlab jonli efirda namoyish qilishni boshlaydi.

Muxlislar e'tiboriga mavsum davomida La ligadan o'rin olgan qiziqarli va murosasiz uchrashuvlar, Ispaniya chempionatining har bir turida kiritiladigan barcha gollar to'liq hajmda, yuqori sifatda taqdim etiladi.

Shu bilan birga, butun dunyodagi milliardlab muxlislarni o'ziga qaratadigan Ispaniya chempionatidan o'rin olgan ikkita "El klasiko" bahslari ham jonli efirda namoyish qilinadi.


* Muxlislarga eslatib o`tamiz, ayni damda FUTBOL TV telekanalini O`zbekiston Kabel televideniyasi, DVB-T2 formatidagi “UzDigital TV” televizion tarmoqlarida, shuningdek, provayderlarning IPTV hizmati foydalanuvchilari tomosha qilishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga