2030 yilgacha ular mutaxassisligi bo‘yicha maxsus imtihon bilan yoki malaka toifalarini berishda 5 yilga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
Shu yil 10-sentyabr kuni prezidentning “Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2027 yil 1 iyuldan bosqichma-bosqich tibbiyot va farmasevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish tizimi joriy etiladi.
Bunda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tibbiyot va farmasevtika faoliyati amalga oshiriladigan ixtisosliklar nomenklaturasiga kiritilgan mutaxassisliklarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu nomenklatura asosida maxsus imtihon bilan yoki maxsus imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mutaxassisliklar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kasbiy faoliyat yuritishni monitoring qilish hamda ma’lumotlardan erkin foydalanish imkonini beruvchi Tibbiyot va farmasevtika sohasi mutaxassislarining yagona elektron reyestri yuritiladi.
2030 yilgacha ular mutaxassisligi bo‘yicha maxsus imtihon bilan yoki malaka toifalarini berishda 5 yilga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91715 | Инструменты