"Barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlik namoyon etishga, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilishga, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqiramiz",-deyiladi bayonotda
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonidagi muqaddas Makka shahriga yo‘naltirilgan dron hujumiga urinishni qat’iyan qoraladi. Bu haqda vazirlik rasmiy bayonot berdi.
Unda Saudiya Arabistoniga birdamlik bildirilib, muqaddas qadamjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakatlar nomaqbul deb hisoblanishi qayd etilgan.
"Barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlik namoyon etishga, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilishga, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqiramiz",-deyiladi xabarda.
Shuningdek, vazirlik keskinlikni kamaytirish, mojaroning yanada tarqalishining oldini olish hamda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, O'zbekiston hukumati Saudiya Arabistonidagi dron hujumlaridan havotirda ekanligini bildirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91817 | Инструменты