O'zbekistonda tibbiyot xodimlarining oylik maoshiga nisbatan ustamalar belgilandi

Shu yil 10-sentyabr kuni “Tibbiyot va farmasevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Unda tibbiyot sohasiga oid juda ko'p o'zgarishlar belgilangan.

Jumladan, 2027-yil 1-yanvardan tibbiyot, farmasevtika va pedagog xodimlarning oylik maoshlariga quyidagi miqdorlarda bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga nisbatan har oylik ustamalar belgilanadi:

  • Bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari;
  • Magistraturani tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravari;
  • Oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlar va shu yo‘nalishda magistraturani tamomlagan pedagog kadrlarga – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari.

2027/2028 o‘quv yilidan boshlab o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning 2 yillik o‘quv dasturlariga qabul bekor qilinadi.

Shuningdek, oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashda rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etiladi. Tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida magistratura ochiladi.

Mavzuga doir:

Tibbiyot sohasida tor soha mutaxassislari uchun magistratura bekor qilinadi;

Keyingi o'quv yilida “5+1” shaklidagi dastur joriy etiladi. Bu nima degani?

Endi O'zbekistonda o'rta tibbiyot xodimlarining ham maqomi oshiriladi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91715 | Инструменты