Huawei 2
Endi FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish mumkin

Yurtimiz futbol muxlislariga yaxshi ma'lum, 2017-yilning aprel oyidan O'zbekistonda ilk bor futbolga ixtisoslashgan FUTBOL TV telekanali o'z faoliyatini boshladi. Bugungi kungacha telekanal Yevropaning eng nufuzli – YECHL, YEL, APL va La-Liga kabi futbol musobaqalari shuningdek, futbolga ixtisoslashgan teleko'rsatuvlarini xalqimiz e'tiboriga havola etib kelmoqda.

O'tgan davr mobaynida tomoshabinlar fikr mulohazalari telekanal xodimlari tomonidan muntazam tarzda o'rganib borildi. Ko'plab futbol ishqibozlar telekanalni yuqori sifatli tasvirda kuzatish istagini bildirgani e'tiborga olingan holda endilikda FUTBOL TV telekanalini HD (High-Definition) formatda tomosha qilish imkoniyati yaratildi.

FUTBOL TV telekanali tomoshabinlari uchun uch asosiy yangilik yaratildi.

Birinchidan: DVB-T (birinchi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalinib kelgan tomoshabin endilikda o'z qurilmasida “qidiruv” berish orqali FUTBOL TV telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin. Avval birinchi avlod tyunerlarida bunday imkoniyat bo'lmagani va bu o'z o'rnida ba'zi noqulayliklarni keltirib chiqarganini ta'kidlab o'tish lozim.

Ikkinchidan: FUTBOL TV telekanalini HD formatda tomosha qilish uchun DVB-T2 (yangi avlod tyuneri) qurilmasidan foydalanayotgan tomoshabin “qidiruv” berish orqali FUTBOL TV HD telekanalini topishi va kuzatib borishi mumkin.

Uchinchidan: FUTBOL TV telekanali endi kunduzi soat 10:00 dan kechasi soat 3:00 gacha efirga chiqadi.

Shuni qo'shimcha qilish kerak, telekanal mutasaddilari muntazam tarzda muxlislardan kelib tushayotgan fikr va takliflarni kuzatib, ularni o'rganib chiqmoqda. FUTBOL TV telekanali kelajakda ham xalqimiz uchun qulayliklar yaratish maqsadida mehnat qilishda davom etadi.

FUTBOL TV telekanalida syurprizlar mavsumi davom etadi!

Izohlar: 20
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Абдурахмае
    0
    Абдурахмае 5 yil avval

    Ассолму алейкум футбол тв каналининг ижодкарлари ман киргизстонда турип сизларнинг каналинизларни курамиз илтимос уша

  • ULUG'BEK
    0
    ULUG'BEK 5 yil avval

    Futbol tv HD kanalini qanday chiqarsa boladi iltimos aytvorila raxmat.

  • Dilshod
    0
    Dilshod 5 yil avval

    Вы показываете онлайн трансляции матчей английской, испанской и итальянской лиг, но, видео идет впереди комментария, почему? То есть, мы уже видим что происходит, а потом уже коментатор коментирует происходящее. Исправте это, раньше такого не было у Вас.

  • Sardor
    0
    Sardor 5 yil avval

    samarqandda dvb t tunerida futbol tv kursatmayabdi

  • Jonibek
    11
    Jonibek 6 yil avval

    HD format qachon ishga tushadi Respublika bo'yicha

  • farrruhikromov1997@gmail.com
    -1
    Farrruhikromov1997 6 yil avval

    Омад каналга

  • murod
    0
    murod 6 yil avval

    Samarqandda ham chiqmayaptiku

  • ILHOM
    0
    ILHOM 6 yil avval

    faqat toskentdami HD format

  • gayratmqnsurv1983@gmail.com
    0
    Gayratmqnsurv1983 6 yil avval

    Qachondan ishlar ekan

  • mardonbek@gmail.com
    0
    Mardonbek 6 yil avval

    Futbol tv Hd kanali chiqdimi o'zi Qo'qon da chiqmayaptiku

  • Ozodjon
    0
    Ozodjon 6 yil avval

    Iltimos savolimga javob bering UzReport vakilar.

  • Ozodjon
    4
    Ozodjon 6 yil avval

    Hurmatli UzReport vakilar qachondan boshlab DVB T da qachondan boshlab uzatilad, ikkinchdan futbol tv HD yang kanalm.


Tepaga